Andijonda muhim seminar bo‘lib o‘tdi

2021-yilning 20-may kuni  Andijon viloyat adliya boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda NNTlar vakillari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF)ning tavsiyalari mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda adliya boshqarmasining Nodavlat-notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i, Departamentning viloyat boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i hamda O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi boshliqlari tomonidan mavzu yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tadbir tashkilotchilari tomonidan batafsil javoblar berildi.