Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida joylashgan “Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zNNTMA, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi viloyat bo‘linmalari hamda “Istiqlol avlodi”, “Madadkor” NNTlar bilan hamkorlikda aholining mavjud muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida 100 ga yaqin xonadon va 9 ta ko‘chani o‘z ichiga olgan mahalla aholisining tomorqalarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash, 
bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanish maqsadida tikuvchilik va bir qator zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish markazlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar shakillantirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullar tomonidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmalariga loyiha takliflarini kiritish bo‘yicha kelishib olindi.