Bugun Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida malaka oshirgan 83 nafar NNT rahbarlarining malaka oshirish kurslari o'z nihoyasiga yetdi. 

Unda NNT rahbarlari o’z faoliyatiga oid xalqaro tajriba bo‘yicha eng zamonaviy nazariy bilimlar bilan tanishib, davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali tashkil qilish hamda ish vaqtini oqilona taqsimlash, inson resurslarini boshqarish, shaxsiy samaradorlikka erishish, boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Bo'lib o'tgan taqdirlash marosimida ushbu o‘quvlarni muvaffaqiyatli tamomlagan NNTlar rahbarlariga Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining sertifikatlari topshirildi.

Mazkur o‘quvlarni tamomlagan NNTlar rahbarlari O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan “Trenerlar shtabi” aʼzoligiga qabul qilinadi.

Kelgusida trenerlar hududlarda NNT vakillari uchun tashkil etiladigan seminarlarda ishtirok etib, ularning ish faoliyatini yanada yaxshilashda va ijtimoiy loyihalar yozishda yaqindan ko‘maklashadilar.