Bugun O‘zNNTMA Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda “#Siz_hisobotlarni_topshirdingizmi” aksiyasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda NNTlar joriy yilning 1-fevraliga qadar yillik hisobotlarni e-ngo.uz portali orqali taqdim etishlari shartligini ta’kidlan va Adliya vazirligi hamda Statistika boshqarmasi mutaxassislari e-ngo.uz, e-stat.uz tizimlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, xususan, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, raqamli transformatsiya, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari keng yoritildi.