Malaka oshirish kursi: Ijtimoiy ta’sirlar va notijorat tashkilotlarni boshqarish (Social Impakt & Nonprofit Management).

Malaka oshirish kursining asosiy maqsadi: NNTlarning kasbiy
va institutsional salohiyatini oshirish, xodimlarning loyihaviy yondoshuv asosida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iborat. 

Malaka oshirish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.

Malaka oshirish vaqti: 2026-yilning aprel-may oylarida.

O‘qish narxi 2.300.000 (ikki million uch yuz ming) so‘m.

Malaka oshirish kurslariga Respublikada faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari .vakillari qabul qilinadi.     

Malaka oshirish kursida ishtirok etish uchun talabgor NNT vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar akademiyaoquvlar@gmail.com elektron pochtasiga yuborish so‘raladi:

1. Ariza;

2. NNT rahbarining ma’lumotnomasi (ob’ektivka);

3. NNT da faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi hujjat (buyruq) dan ko‘chirma;

4. Nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti yoki
ID karta) nusxasi;

5. Nomzodning fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);

6. NNT guvohnomasi nusxasi.

Izoh: NNT vakili yuqori turuvchi tashkiloti yoki o‘zi faoliyat olib borayotgan tashkilot rahbari bilan kelishgan holda (agar yuqori tashkiloti mavjud bo‘lsa yoki o‘zi faoliyat yuritayotgan tashkilotda mutaxassis bo‘lsa) hujjat topshirishi talab etiladi.

Barcha hujjatlar bitta papkada zip fayl ko‘rinishida yuborilishi shart. Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatda ariza qabul qilinmaydi.

Arizalar 2026-yilning 18-apreliga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon raqamlar: (55) 503-05-12