O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zNNTMA BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 157 ta mahallalarida “Mahalla qo‘mitalari uchun inklyuziv rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha treninglarni amalga oshirishni boshladi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad - mahalla aholisining faol ishtirokini ta’minlagan holda mahallalarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, qishloq infratuzilmasini yaxshilash orqali aholining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘liqni saqlash darajasini oshirish hamda iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirishdan iborat.
Loyiha Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari mahalla qo‘mitasi xodimlari (mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy hodim va soliq inspektori), shuningdek tashabbuskor guruh a’zolarini (ayollar, yoshlar va ijtimoiy guruh vakillari) qamrab oladi.
Loyiha doirasida mahalla qo‘mitasi xodimlarining hamda mahalla tashabbuskor guruhi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahallalarda amalga oshirilayotgan rejalashtirish, byudjetlashtirish, jamoatchilik ishtirkida monitoring va baholash, mahalla byudjeti mablag‘larini maqsadli foydalanish, Mahalla rivojlanish rejasi asosiy bosqichlari, kichik grantlar tushunchasi va ariza topshirish tartibi hamda tashabbuslarni amalga oshirishdagi salohiyatni oshirishdan iborat.
Trening davomida mahallalarda mavjud muammolar tahlili qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va haralaktlar rejasi ishlab chiqiladi. Bu esa mahalliy tashabbuslarning barqarorligini va uzoq muddatli samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Treninglar reja asosida bosqichma-bosqich Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlarining jami 52 ta mahallalarida o‘tkaziladi.
Ushbu treninglar natijasida mahalla qo‘mitasi xodimlari tashabbuskor guruh a’zolari bilan hamjihatlikda mahallaning rivojlanishiga qaratilgan samarali loyihalarni amalga oshirish orqali maxalla taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar.