Play for Nature tashkiloti bioxilma-xillikni saqlash bilan shugʼullanuvchi barcha uyushma va tashkilotlar uchun moliyaviy koʼmak ajratish maqsadida har yilgi loyihalar tanlovini eʼlon qildi.
Play for Nature — Frantsiyadagi tabiatni muhofaza qilishga ixtisoslashgan tashkilot boʼlib, Tabiatni muhofaza qilish boʼyicha Xalqaro Ittifoq (IUCN) aʼzosi hisoblanadi. 2013 yildan buyon u dunyo boʼylab bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan loyihalarni qoʼllab-quvvatlab kelmoqda.
Grant miqdori: 5,000 — 15,000 EURO
TАNLOV YOʼNАLIShI:
Biodiv'World — bioxilma-xillikni saqlash boʼyicha anʼanaviy loyihalar; Yoʼqolib ketish xavfi ostidagi turlar va ekotizimlarni muhofaza qilish; Flora va faunaga oid ilmiy monitoring; Ekotizimlarni tiklash; Ekologik taʼlim dasturlari; Turlarni qayta joriy etish (reintroduktsiya).
Biodiv'Sport — sport orqali tabiatni muhofaza qilishni maqsad qilgan loyihalar: Ekologik gʼoyalarga asoslangan sport tadbirlarini tashkil etish; Аholining ekologik ongini sport orqali oshirish; Mahalliy jamoalarni jalb etish.
АRIZА YOʼLLАSh HUQUQIGА EGА:
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi NNTlar;
Аssotsiatsiyalar va jamgʼarmalar;
Xalqaro loyihalar ham qoʼllab-quvvatlanadi.
Аriza topshirish uchun oxirgi muddat: 2025-yil 25-avgust
Batafsil: https://playfornature.org/en/submit-a-proposal/