Andijon shaharida viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida NNT o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, O‘zNNTMA, "Yuksalish" harakati, DJTQM Andijon viloyati hududiy bo‘linmalari, "Hamroh" NNT, Mintaqaviy tadqiqot markazi hamda boshqa NNTlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida grant loyihalari yozish tartibi, ularni baholash mezonlari hamda smeta mablag‘larini to‘g‘ri shakllantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Yakunda ishtirokchilar ijtimoiy loyihalar orqali hududiy muammolarni hal etish, davlat dasturlarida NNTlarning ishtirokini kuchaytirish hamda o‘zaro ijtimoiy sheriklik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga o‘z loyihalarini yanada takomillashtirish bo‘yicha individual konsultatsiyalar berildi.