Qarshi shahridagi "NNT uyi"da O‘zNNTMAga a’zo nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 2025-yil 21-avgustdan kuchga kirgan №O‘RQ-1083-sonli Qonunning mazmun-mohiyati hamda uning NNTlar faoliyatidagi ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlari tanlovlarida NNTlarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida O‘zNNTMAga a’zo bo‘lgan yangi tashkilotlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.