O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi K. Ishanxodjayev hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi boshqaruvi raisi S. Halilovlar Surxondaryo viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Tadbir davomida NNTlar faoliyatini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyat davomida uchrayotgan muammolarni hal etish masalalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida raqamlashtirishning o‘rni va ahamiyati ham alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, NNT vakillarining raqamlashtirish jarayonlari bo‘yicha tushunchalarini yanada boyitish, ularni zamonaviy axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega qilish zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvdan so‘ng Angor tumanidagi "Novshahar" MFYda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari hamda tumandagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Termiz tumanidagi "Yangiyer" MFYda joylashgan 11 ta ko‘chani ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi ham o‘rganilib, mavjud muammolar O‘zNNTMA qoshidagi Fond orqali hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.