Toshkent shahrida “Zakovat intellektual klubi” NNT hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

​Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, intellektual o‘yinlarni aholi o‘rtasida ommaviy harakatga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi.

​Assotsiatsiya xodimlarining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini va aqliy salohiyatini intellektual o‘yinlar orqali oshirish, Assotsiatsiyaga a’zo tashkilotlar va ularning xodimlar uchun maxsus “Zakovat” turnirlarini o‘tkazish hamda klub tomonidan Assotsiatsiya xodimlariga intellektual o‘yinlarni mustaqil tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish hamkorlikning asosiy maqsadi etib belgilandi.