Loyihalar

Assotsiatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan, yakunlangan va rejalashtirilgan loyihalar ro'yxati.

Barcha loyihalar

Amaldagi, yakunlangan va rejalashtirilgan — loyihalarning to'liq ro'yxati.

17 ta loyiha
A Amaldagi loyihalar 2 ta
Amaldagi NNT salohiyatini oshirish dasturi
Hudud: Respublika · Davr: 2025–2026. Hududiy treninglar, mentorlik tizimi va metodik qo'llab-quvvatlash orqali NNTlar institutsional salohiyatini mustahkamlash.
Amaldagi Xalqaro hamkorlikda tajriba almashish
Hamkorlar: xalqaro tashkilotlar · Davr: 2025–2027. Institutsional rivojlanish yo'nalishida xorijiy tajribani o'rganish va joriy etish.
Y Yakunlangan loyihalar 1 ta
Yakunlangan Jamoatchilik nazorati laboratoriyasi
Hudud: 6 ta viloyat · Davr: 2024–2025. Monitoring hisobotlari e'lon qilingan. Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va muhokamalar o'tkazildi.
R Rejadagi loyihalar — 2026 14 ta
Rejadagi "Loyiha Ofisi"ni tashkil etish
Xorijiy grantlarni jalb etish va loyiha boshqaruvi salohiyatini oshirishga qaratilgan doimiy tuzilma. Grant monitoringi, donorlar bazasi, M&E tizimi va moliyaviy shaffoflikni ta'minlash bo'yicha metodik yordam beradi.
Rejadagi Grant yozish bo'yicha tizimli trening-seminarlar
Xorijlik mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan seminarlar. Har yili 500 dan ortiq NNT vakillariga standartlashtirilgan o'quv materiallari asosida ta'lim beriladi.
Rejadagi "NNTlar Barqarorlik Indeksi"ni joriy qilish
Har yili NNTlarning institutsional, moliyaviy va boshqaruv salohiyatini baholaydigan milliy indeks. Davlat va donorlar uchun qaror qabul qilishda asosiy tahliliy manba.
Rejadagi "NNTlar Shaffoflik Standarti" ixtiyoriy sertifikatlash
NNTlarning boshqaruvi va moliyaviy hisobdorligini baholab, talablarga javob beruvchilarga ixtiyoriy sertifikat berish. Ochiq reestr orqali donorlar ishonchini oshiradi.
Rejadagi "NNT Liderlari Milliy Forumi"ni o'tkazish
Yiliga bir marta davlat rahbari ishtirokida respublika miqyosida yirik forum. Eng faol NNTlarni taqdirlash va Assotsiatsiyaning milliy markaz roliini mustahkamlash.
Rejadagi Jurnalistika va media talabalar bilan hamkorlik
Media yo'nalishidagi talabalar Assotsiatsiya va NNTlar faoliyatini jamoatchilikka yetkazadi. Yoshlarga auditoriya shakllantirish va shaxsiy brend rivojlantirish bo'yicha yordam ko'rsatiladi.
Rejadagi "WELCOME-BOX" loyihasi
Yangi a'zo NNTlarga maxsus to'plam: a'zolik guvohnomasi, brend mahsulotlari, axborot materiallar va 300 000 so'mlik vaucher. Assotsiatsiya tizimiga integratsiya qilishning ilk bosqichi.
Rejadagi "Social Impact & Nonprofit Management" kurslari
NNT vakillarining kasbiy va boshqaruv salohiyatini oshiruvchi qisqa muddatli kurslar. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda. Davlat dasturining 83-maqsad, 262-bandi ijrosi.
Rejadagi NNTlar uchun kovorking markazi
"NNTlar uyi" binosida zamonaviy kovorking markazi. Doimiy ish xonasiga ega bo'lmagan NNTlar uchun ochiq maydon, seminarlar va treninglar uchun joy.
Rejadagi "IMKON" loyihasi
O'z tashabbusi bilan ochilgan, yangi yoki chekka hududlardagi Assotsiatsiya a'zo NNTlarni qo'llab-quvvatlash dasturi.
Rejadagi Mustaqil NNTlar vakillari hamkorlik dasturi
32 nafar hududiy NNT vakili uchun Toshkentda 2 kunlik amaliy va madaniy dastur. Hamkorlik, tajriba almashish va davlat organlari bilan muloqotni rivojlantirish.
Rejadagi "ZAKOVAT" intellektual o'yinlari
NNT vakillari salohiyatini safarbar etish uchun respublika miqyosida intellektual o'yinlar. 14 hududdan jami 70 ta jamoa (har birida 6 ishtirokchi) qatnashadi.
Rejadagi Ijtimoiy-siyosiy islohotlar samaradorligini baholashda jamoatchilik nazorati
NNT ishtiroki bilan davlat dasturlari ijrosi yuzasidan monitoring, eshituvlar, ekspertiza va ijtimoiy so'rovlar. Tahliliy xulosalar davlat organlariga kiritiladi.
Rejadagi "Fuqarolik pozitsiyasi: professional munosabat va konstruktiv tashabbus"
NNT vakillarining ijtimoiy-siyosiy voqealarga professional munosabatini shakllantirish va jamoatchilikka yetkazish. Tahliliy brifinglar, ochiq muloqotlar va OAV bilan hamkorlik rejalashtirilgan.

Amaldagi loyihalar

Hozirda faol amalga oshirilayotgan dastur va tashabbuslar.

2 ta loyiha
1 NNT salohiyatini oshirish dasturi
Hudud: Respublika · Davr: 2025–2026. Hududiy treninglar, mentorlik tizimi va metodik qo'llab-quvvatlash orqali NNTlar institutsional salohiyatini mustahkamlash.
2 Xalqaro hamkorlikda tajriba almashish
Hamkorlar: xalqaro tashkilotlar · Davr: 2025–2027. Institutsional rivojlanish yo'nalishida xorijiy tajribani o'rganish va joriy etish.

Yakunlangan loyihalar

Muvaffaqiyatli yakunlangan dastur va tashabbuslar.

1 ta loyiha
1 Jamoatchilik nazorati laboratoriyasi
Hudud: 6 ta viloyat · Davr: 2024–2025. Monitoring hisobotlari e'lon qilingan. Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi, eshituvlar va muhokamalar o'tkazildi; xulosalar tegishli organlarga topshirildi.

Rejadagi loyihalar

2026 yilda amalga oshirilishi mo'ljallangan loyihalar — 3 yo'nalish bo'yicha.

14 ta loyiha
I Assotsiatsiya faoliyatini takomillashtirish 12 ta
1 "Loyiha Ofisi"ni tashkil etish
Xorijiy grantlarni jalb etish va loyiha boshqaruvi salohiyatini oshirishga qaratilgan doimiy tuzilma. Grant monitoringi, donorlar bazasini shakllantirish, standart grant shablonlari, M&E tizimi va moliyaviy shaffoflikni ta'minlash bo'yicha metodik va amaliy yordam beradi. Shuningdek, NNT ochmoqchi bo'lgan fuqarolarga hujjat tayyorlash va tashkil etish bo'yicha yordam ko'rsatadi.
2 Grant yozish bo'yicha tizimli trening-seminarlar
Xorijlik mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan o'quv seminarlari. Maqsad — O'zbekistondagi NNTlar uchun loyiha ishlab chiqish va grant yozish salohiyatini oshirish. Seminardan keyin olti oy ichida tayyorgarlikdan o'tgan xodimlar respublika bo'ylab treninglar o'tkazadi va har yili 500 dan ortiq NNT vakillariga ta'lim beradi.
3 "NNTlar Barqarorlik Indeksi"ni joriy qilish
Har yili respublika bo'yicha NNTlarning institutsional, moliyaviy, boshqaruv va jamoatchilik bilan ishlash salohiyatini baholaydigan milliy indeks. Davlat va donorlar uchun qaror qabul qilishda asosiy tahliliy manbaga aylanadi va Assotsiatsiyani ekspert platformasi sifatida mustahkamlaydi.
4 "NNTlar Shaffoflik Standarti" ixtiyoriy sertifikatlash tizimi
NNTlarning boshqaruvi, moliyaviy hisobdorligi va ochiqligini baholab, talablarga javob beruvchilarga ixtiyoriy sertifikat berish tizimi. Ochiq reestr joriy etilib, donorlar ishonchini oshirish va sektorda sog'lom raqobatni kuchaytirish ko'zlangan.
5 "NNT Liderlari Milliy Forumi"ni o'tkazish
Yiliga bir marta respublika miqyosida davlat rahbari ishtirokida Assotsiatsiyaga a'zo NNT rahbarlarini birlashtiruvchi yirik forum. Eng faol NNTlarni taqdirlash amalga oshiriladi va Assotsiatsiyaning milliy markaz sifatidagi roli mustahkamlanadi.
6 Jurnalistika va media talabalar bilan hamkorlik
Jurnalistika va media yo'nalishidagi talabalar Assotsiatsiya hamda a'zo NNTlar faoliyatini jamoatchilikka yetkazadi. Yoshlarga auditoriya shakllantirish, shaxsiy brendni rivojlantirish bo'yicha amaliy va institutsional yordam ko'rsatiladi.
7 "WELCOME-BOX" loyihasi
Yangi a'zo NNTlarga maxsus to'plam taqdim etish: a'zolik guvohnomasi, brend mahsulotlari, axborot materiallar va 300 000 so'mlik vaucher. Assotsiatsiya tizimiga integratsiya qilishning ilk bosqichi sifatida xizmat qiladi.
8 "Social Impact & Nonprofit Management" malaka oshirish kurslari
NNT vakillarining kasbiy, institutsional va boshqaruv salohiyatini tizimli oshirishga qaratilgan qisqa muddatli kurslar. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Davlat dasturining 83-maqsad, 262-bandi ijrosini ta'minlaydi.
9 NNTlar uchun kovorking markazi
"NNTlar uyi" binosida zamonaviy kovorking markazi tashkil etilib, doimiy ish xonasiga ega bo'lmagan NNTlar uchun ochiq ish maydoni yaratiladi. Uchrashuvlar, seminarlar va treninglar uchun mushtarak muhit.
10 "IMKON" loyihasi
O'z tashabbusi bilan ochilgan, yangi tashkil etilgan yoki chekka hududlarda joylashgan Assotsiatsiyaga a'zo notijorat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash dasturi.
11 Mustaqil NNTlar vakillari o'rtasida hamkorlik va muloqot dasturi
Respublika hududlaridan 32 nafar NNT vakili uchun Toshkentda 2 kunlik amaliy va madaniy dastur. Ishtirockchilar o'rtasida hamkorlik, tajriba almashish va davlat organlari bilan muloqotni rivojlantirish.
12 "ZAKOVAT" intellektual o'yinlari
NNT vakillari ilmiy, ijtimoiy va madaniy salohiyatini safarbar etish uchun "ZAKOVAT" o'yinlarini respublika miqyosida tashkil etish. 14 hududdan jami 70 ta jamoa (har birida 6 ishtirokchi) qatnashadi.
II Jamoatchilik nazorati tadbirlari 1 ta
13 Ijtimoiy-siyosiy islohotlar samaradorligini baholashda jamoatchilik nazorati
NNT ishtiroki bilan davlat dasturlari va qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi, eshituvlar, muhokamalar va ekspertiza tashkil etiladi. Tahliliy xulosalar va tavsiyalar tegishli davlat organlariga kiritiladi.
III OAV va NNTlar hamkorligi 1 ta
14 "Fuqarolik pozitsiyasi: professional munosabat va konstruktiv tashabbus"
NNT vakillarining muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarga professional munosabatini shakllantirish va jamoatchilikka yetkazish. Tahliliy brifinglar, ekspertlar ishtirokida ochiq muloqotlar va OAV bilan hamkorlik mexanizmlari rejalashtirilgan.