"Barqaror NNT"

Barqarorlik indeksi bo'yicha sertifikat olgan nodavlat notijorat tashkilotlarning ochiq ro'yxati

"Barqaror NNT" sertifikati — barqarorlik indeksida yuqori ball to'plagan tashkilotlarga beriladigan rasmiy tan olish belgisi. Sertifikat uch darajada beriladi: Uchinchi daraja, Ikkinchi daraja va Birinchi daraja. U tashkilotning ishonchliligini tasdiqlaydi hamda grantlar va davlat hamkorligida afzallik beradi.

48Jami sertifikatlangan
12 Birinchi darajali
21 Ikkinchi darajali
15 Uchinchi darajali
Uchinchi daraja

Uchinchi daraja sertifikat

Asosiy barqarorlik talablarini bajargan tashkilotlar uchun. Boshqaruv va moliyaviy shaffoflik tizimi mavjud.

60–79 ball Barqarorlik indeksi bo'yicha
Ikkinchi daraja

Ikkinchi daraja sertifikat

Kuchli boshqaruv, moliyaviy barqarorlik va samarali dasturlar orqali barqarorlikni isbotlagan tashkilotlar.

80–89 ball Barqarorlik indeksi bo'yicha
Birinchi daraja

Birinchi daraja sertifikat

Barcha mezonlar bo'yicha yuqori natija ko'rsatgan, soha lideri hisoblangan NNTlar reyestri eng yuqori tan olish.

90–100 ball Barqarorlik indeksi bo'yicha

Reyestr — 2024 yil

"Barqaror NNT" sertifikatiga ega tashkilotlar reyestri
# Tashkilot nomi Viloyat / Shahar Ball Daraja Berilgan sana Amal qilish muddati
Yuklanmoqda...

* Sertifikatlangan tashkilotlardan bir qismi ko'rsatilmoqda. To'liq reyestr uchun murojaat yuborishingiz mumkin.

4 qadam

Sertifikat olish uchun quyidagi tartibga amal qiling.

Ariza topshirish

A'zo kabineti orqali baholash arizasini to'ldiring va talab etilgan hujjatlarni yuklang.

Hujjatlarni tekshirish

O'zNNTMA mutaxassislari barcha materiallarni ko'rib chiqadi va qo'shimcha ma'lumot so'rashi mumkin.

Sahadagi baholash

Talab qilinsa, tashkilot faoliyati o'rinma-o'rin kuzatiladi va ball qo'yiladi.

Sertifikat berish

60 ball va undan yuqori natijada tegishli daraja sertifikati rasman topshiriladi.